Haydovchini so‘kkan YPX xodimi lavozimidan ozod etildi
Ijtimoiy tarmoqda «YPX xodimi haydovchini so‘kdi» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan Jizzax viloyati IIB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligi bo‘yicha xabar berilgan edi.
Mazkur xizmat tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, xizmat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida»gi Nizom hamda Ichki ishlar vazirining ayrim me’yoriy buyruqlari talablarini buzganligi uchun Jizzax viloyati IIB YHXB YPX xodimi Sh.Muradov egallab turgan lavozimidan ozod etilishi bo‘yicha xulosa qabul qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter