Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchi inspektorning yuziga nega musht tushirdi?

Haydovchi inspektorning yuziga nega musht tushirdi?

Joriy yilning 19 fevral kuni Surxondaryo viloyati Transport boshqarmasi hamda viloyat IIB YHXBning rejasiga asosan 3 nafar YPX inspektorlari va 1 nafar Transport boshqarmasi inspektori birgalikda Termiz shaxri Ibn Sino ko‘chasida noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar faoliyati yuzasidan reyd tadbiri o‘tkazishgan.

Tadbir davomida «Spark» rusumli avtomashina «3.27» yo‘l belgisiga amal qilmay to‘xtab yo‘lovchi olganligi sababli o‘rnatilgan tartibda to‘xtatilgan. Haydovchi avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarini taqdim qilmasdan inspektorlarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Shuningdek, viloyat Transport boshqarmasi bosh inspektori B.Abdumajidovning yuziga musht tushirgan.

Ushbu holat yuzasidan haydovchi Termiz shaxar IIO FMB 2-sonli bo‘limiga olib borilib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning 135-moddasiga ko‘ra bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Holat yuzasidan Termiz shaxar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring