Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

General Tohiriy qanday jinoyatda ayblanmoqda?

General Tohiriy qanday jinoyatda ayblanmoqda?

Foto: «Protoday.uz»

O‘tgan hafta O‘zbekiston davlat bojxona qo‘mitasining sobiq raisi general Muidjon Tohiriy hibsga olingani haqida xabar bergandik. Bosh prokuratura Matubot xizmati ushbu xabarni  tasdiqlar ekan, «tergov siri nuqtai nazaridan» boshqa ma’lumotlar berilishi maqsadga muvofiq emasligini ta’kidlagan edi.

Bugun «Taraqqiyot strategiyasi» markazida Bosh prokuratura mas’ul xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ayni mavzu yana ko‘tarildi. Javobda ham o‘zgarish bo‘lgani yo‘q: tergov siri nuqtai nazaridan  «Tohiriy ishi» bo‘yicha ma’lumotlar ochiqlanmadi.

Modomiki, qonun shuni talab qilar ekan, bunga rioya etishdan boshqa iloj yo‘q. Faqat bir narsa aniq:  masala generalni hibsga olishga darajasi yetgan ekan, demak, ayblov  jiddiy ekani ehtimoli juda yuqori.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring