Firibgardan jabrlangan shaxsga 1 mlrd. so‘m undirib berildi

Ba’zi insonlar o‘zgalar ishonchiga kirib, sodir etayotgan qilmishi noto‘g‘riligini bilsa-da, toki jazo muqarrarligini his etmagunicha o‘z nafsining quliga aylanadi.
Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituviga ham shu kabi ijro hujjati kelib tushdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qibray tuman sudining ijro varaqasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi «a, v» bandlari bilan sudlangan fuqaro O.R.dan undiruvchi R.Durjanov foydasiga 90.000 AQSh dollariga teng 1 mlrd. 16 mln. 368 ming so‘m undirish haqidagi ijro hujjati bo‘lim davlat ijrochisi Sh.To‘layev tomonidan o‘tkazilgan majburiy ijro harakatlari davomida amalda to‘liq undirib berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter