Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FHDYo shakllarini to‘ldirish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi

FHDYo shakllarini to‘ldirish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi

Foto: Norma.uz

«Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash haqida»gi buyruqqa o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida»gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 2397-4, 27.12.2019 y.). Bu haqda «Huquqiy axborot» kanalida ma’lumot berib o‘tildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi va nikohdan ajralganlik, o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlari 12 katakli maxsus kod bilan raqamlanadi.

Bunda, 1-raqam dalolatnoma yozuvi turi, 2–5-raqamlar FHDYo organi kodi, 6-7-raqamlar dalolatnoma yozuvi qayd etilgan yil, 8–12-raqamlar dalolatnoma yozuvining tartib raqamini bildiradi.

12 katakli maxsus kod bilan raqamlanish «FHDYoning yagona elektron arxivi» axborot tizimi orqali ma’lumot almashinuvini osonlashtiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring