Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Toshkent viloyatida ikki shaxsni qo‘lga oldi

DXX Toshkent viloyatida ikki shaxsni qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, firibgarlik bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi, deyiladi DXX xabarida.

Qayd etilishicha, Angren shahrida yashovchi, 1974 y.t. K.S. huquq-tartibot idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali fuqaroni Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 5000 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Boshqa holatda esa Olmaliq shahrida joylashgan xususiy avtomaktab direktorining o‘rinbosari Ch.X. mahalliy fuqaroga o‘quv kurslariga qatnashmasdan, haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 3000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Ta’kidlash lozimki, Ch.X. muqaddam Jinoyat Kodeksining 166-moddasi (talonchilik) va 277-moddasi (bezorilik) bilan sudlangan bo‘lsada, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Hozirda har ikkala qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring