Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX bank xodimini ushladi

DXX bank xodimini ushladi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida Chinoz tumanidagi tijorat banklaridan birining xodimi «X.A.» sodir etgan noqonuniy faoliyat fosh etildi.

Xususan, «X.A.» mansab vakolatini suiiste’mol qilgan holda, 2020-yilda turmush o‘rtog‘i nomiga dehqon xo‘jaligi tashkil etib, uni o‘zi ishlaydigan bank ta’minotchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan.

So‘ngra «Har bir oila - tadbirkor» dasturi doirasida 15 nafar fuqaroga ajratilgan jami 397,3 mln. so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini dehqon xo‘jaligi hisob raqamiga o‘tkazib, fuqarolarga naqdlashtirib berishi natijasida ushbu mablag‘lar maqsadsiz sarflangan.

Shuningdek, «X.A.» 2021-yilda 3 nafar yaqin tanishi nomiga dehqon xo‘jaliklari tashkil qilib, ularni ham bank ta’minotchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan va «Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida 71 nafar fuqaroga ajratilgan jami 2 mlrd. 182 mln. so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini ushbu xo‘jaliklar orqali naqdlashtirib berishi natijasida mazkur mablag‘lar maqsadsiz sarflangan.

Bundan tashqari, 2020-yilda 10 nafar fuqaroning nomiga ularning xabardorligisiz hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan mini pechlar xarid qilish uchun 60 mln. so‘m miqdorida kredit ajratilishiga erishgan va ularni ham o‘ziga tegishli ta’minotchi dehqon xo‘jaligi hisobiga o‘tkazib, talon-toroj qilgan.

Hozirda «X.A.»ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167, 205 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring