DXX Andijonda «otkatchilar»ni ushladi
Andijonda qiymati 42 mlrd. so‘mlik loyihani olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.
Andijon tumanida yashovchi, 1966 y.t. A.B. va Andijon shahrida istiqomat qiluvchi, 1971 y.t. X.U. o‘zaro til biriktirib, yo‘l qurilishi sohasida faoliyat yurituvchi MChJ rahbarining ishonchiga kirishadi.
Davlat xavfsizlik xizmatining xabar berishicha, ular yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, tadbirkorga Asaka tumanidagi «4R-112» avtomobil yo‘lining 4 km qismiga asfaltobeton qoplamasini yotqizish bo‘yicha loyihani olib berishni va’da qilgan.
Buning evaziga loyiha uchun ajratiladigan 42 mlrd so‘mning 10 foizini (4,2 mlrd so‘m) berishni so‘ragan.
DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari shaxslardan birini so‘ralgan puldan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga oldi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 28,211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter