Diqqat! IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi ogohlantiradi!
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, joriy yilning 10-sentyabrdan Respublikada bo‘lish tartibini buzganligi uchun javobgarlikka tortiladilar. Bu haqda IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Xorijiy davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishi va ketishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga ilova tarzda bir nechta o‘zgartirish kiritilgan.
Unga ko‘ra pandemiya munosabati bilan karantin joriy etilgan hududda vaqtincha bo‘lish muddati tugagan xorijiy fuqarolarga, shuningdek, ularni qabul qilgan uy-joy egalari hamda mansabdor shaxslarga nisbatan karantin muddati tugagunga qadar O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzganligi uchun ma’muriy choralar qo‘llanilmasligi belgilangan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-avgustdagi 549-sonli qaroriga asosan, mazkur band bekor qilinib chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, joriy yilning 10-sentyabrdan Respublikada bo‘lish tartibini buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Shu sababli, Toshkent viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi Respublika hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan 2021-yil 10-sentyabrga qadar vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter