Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Davr bank»ni o‘marganlar ushlandi — IIBB

«Davr bank»ni o‘marganlar ushlandi — IIBB

2022 yil 7 iyul kuni 1976 yilda tug‘ilgan S.Sh. o‘zining jinoiy sheriklari bilan o‘zaro til biriktiradi.

IIB xabariga ko‘ra, poytaxtimizning «Davr bank» XATB tizimiga ruxsatsiz kirish orqali 15 milliard so‘m miqdordagi pullarni o‘zining jinoiy sherigi 2000 yilda tug‘ilgan N.Sh.ning nomiga ochilgan plastik kartalarga o‘tkazgan.

So‘ng N.Sh. ushbu pullarning 11.453.244.343 so‘m miqdorini noqonuniy o‘zlashtirgan. Yechib olingan pullar jinoiy guruh a’zolari o‘rtasida taqsimlangan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi («Juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik») alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent shahar IIBB tomonidan olib borilgan tezkor tergov harakatlari natijasida 11 nafar fuqarolar gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan. Shuningdek yana ikki nafar gumonlanuvchini ushlash choralari ko‘rilmoqda. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring