Choyxonada o‘tirgan YPX xodimini videoga olgan shaxslar 15 sutkaga qamaldi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida ichki ishlar organi xodimining choyxonada o‘tirgan paytida tasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan fuqarolar 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ovqatlanish shoxobchalaridan birida yo‘l-patrul xizmati xodimi yoniga bir necha kelib uni videoga olgan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborishgan. Voqea yakshanbada, xodimining dam olish kunida sodir bo‘lgani aytiladi.
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudiga yuborilgan. 5 nafar erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda ayblanib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter