Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda tun qorong‘usida YPX xodimlari tomonidan haydovchining to‘xtatilgani holatiga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Buxoroda tun qorong‘usida YPX xodimlari tomonidan haydovchining to‘xtatilgani holatiga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Buxoroda GAI xodimlari IIV buyruq talablariga amal qilmaydimi?» sarlavhasi ostida tarqalgan videotasvir muhokamalarga sabab bo‘ldi. 

Videotasvirga ko‘ra, haydovchi tun yarmida uning yo‘lini to‘sib chiqqan uch nafar YPX inspektori o‘z xizmat faoliyatiga nisbatan noto‘g‘ri xatti-harakatda bo‘lganini bildirgan. Haydovchi YPX xodimlariga tun qorong‘usida «migalka»ni yoqmasdan yo‘l o‘rtasida turishga haqi yo‘qligini qayta-qayta tushuntirgan.

Videoxabar ostida «Tunning qorong‘u vaqtida, yo‘lning o‘rtasida xavfli holat yuzaga kelishiga sababchi bo‘lib, yo‘lto‘sarlik qilib, xizmatni olib borish qanchalik qonuniy? YPX xodimlariga faoliyatni to‘g‘ri olib borishga targ‘ib qilayotgan fuqaro e’tirozlarini kim inobatga oladi?» — degan savollar keltirilgan.

«Xabar.uz» muxbiri ushbu holatda asl «aybdor» kimligi bilan qiziqdi.

Viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati boshlig‘i, kapitan Ulug‘bek Shukurlayevning so‘ziga ko‘ra, izohlari bilan chiqarilgan ushbu videomurojaat viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, holat joriy yilning 15-noyabrdan 16-noyabrga o‘tar kechasi Kogon tumanidagi «Iftixor» mahallasining ichki ko‘chalaridan birida yuzaga kelgan. Viloyat IIB JXX YHXB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan «YPX inspektorlarini xizmatga jalb qilish qaydnomasi» asosida viloyat YHXB 4-safarbarlik guruhi xodimlari (katta serjant O‘.Rasulov, safdor B.Rahmonqulov va safdor Sh.G‘aniyev) xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan 80 544 VSF xizmat avtomashinasida yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish ishlariga jalb qilingan bo‘lishgan.

«Keyingi manbalarga ko‘ra, qishloq joylarida avtoavariya holatlari ko‘proq tungi paytlarda sodir bo‘lmoqda. Odamlarning xavfsizligini ta’minlash, aholi xoli yashaydigan hududlardan avtomashinani normal boshqarish qoidalariga rioya qilmay, nopisandlik bilan tezlikni yuqorida darajada oshirib haydayotganlar son jihatdan ko‘paymoqda. Oqibatda bu ko‘ngilsiz holatlarning sodir bo‘lishiga olib kelmoqda. Inspektorlar tungi reyd xizmatini o‘tayotgan bo‘lgan», — dedi Ulug‘bek Shukurlayev.

Ta’kidlanishicha, tungi reyd davomida yig‘ma otryad tarkibida bo‘lgan xizmat xodimlari yo‘riqnomada belgilangan normativlardan tashqariga chiqishgan bo‘lishsa, ularga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi.

«Ayni paytda holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakuni yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi», — dedi Ulug‘bek Shukurlayev.

Buxoroda GAI xodimlari IIV buyruq talablariga amal qilmaydimi?

Tunning qorong‘u vaqtida, yo‘lni o‘rtasida xavfli xolat yuzaga kelishiga sababchi bo‘lib,  yo‘lto‘sarlik qilib xizmatni olib borish qanchalik qonuniy? YPX xodimlariga faoliyatni to‘g‘ri olib borishga targ‘ib qilayotgan fuqaro e’tirozlarini kim inobatga oladi?

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring