Buxoroda jayron ovchilari qo‘lga olindi
Bir paytlar O‘zbekiston kengliklarini to‘ldirib yurgan jayronlar tobora brakonerlarning o‘ljasiga aylanayotir. Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, 19 avgust kuni Olot hamda Qorako‘l tumani inspeksiyasi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan ekologik reyd natijasida brakonerlar qo‘lga olingan.
Olot tumani Qirlishon MFY O‘rtacho‘l massivida Qashqadaryo viloyati Muborak va Mirishkor tumanlarida yashovchi fuqarolar S.Xolnazarov hamda I.Ro‘ziyev tomonidan noqonuniy tarzda o‘ziga tegishli bo‘lmagan «URAL» mototsikl yordamida jayron ovlanilishi holati aniqlandi. Fuqarolar 4 yil davomida brakonerlik bilan shug‘ullanib kelayotganliklarini, shu vaqtga qadar 20 bosh jayron ovlagashganini, shundan 2 bosh urg‘ochi jayron bolalashiga oz muddat qolganida ovlaganini hamda qo‘llaridagi ov quroli hujjati yo‘qligi va o‘zlariga tegishli emasligini tasdiqladilar.
Aniqlangan mazkur holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun IIB hamda Ma’muriy sud organlariga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter