Buxoro viloyatida qo‘shmachi fosh etildi
G‘ijduvon tumani IIO FMB tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, tumanning Oqrabot mahallasida yashovchi, 40 yoshli ayol, A.A. ismli qizni Baraka mahallasiga qarashli cho‘l massiviga olib borib, ikki nafar erkak bilan jinsiy aloqa qilishi uchun shart-sharoit yaratib berib, evaziga mijozlardan 100.000 so‘m pullarni olgan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan ushlangan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar bergan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter