Bosh prokuror moliya vazirligi mansabdorlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazishni talab qildi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Yo‘ldoshev Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovdan moliya vazirligining ayrim mansabdorlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazishni talab qildi.
Bloger va huquqshunos Zafar Solijonovning o‘z manbalariga tayanib ma’lum qilishicha, moliya vazirining o‘rinbosarlaridan biri «Agrobank» va jamg‘arma boshqaruviga bosim o‘tkazib, o‘zining ukasi va yana bir fuqaro rahbar bo‘lgan ikkita firmaga jami 20 mlrd. so‘mdan ko‘p maqsadli mablag‘lar ajratishga majbur qilgan. Ajratilgan maqsadli mablag‘lar esa maqsadsiz sarflangani ortida qator jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.
Bosh prokuror xizmat tekshiruvi o‘tkazish va yakuni haqida 16 noyabrgacha ma’lum qilishni talab qilgani e’tiborga olinsa, g‘alvir suvdan ko‘tarilgani oydinlashadi. Demak, xizmat tekshiruvi yakuni haqida moliya vazirligidan axborot kutishga haqlimiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter