Bolasini sotuvga qo‘ygan onaga sud hukmi o‘qildi

Sirdaryolik A.O‘rinboyeva joriy yilning iyul oyida o‘z hamshahari X.Mamatqulov bilan tanishib, hozirda sharoiti og‘irligi va moddiy tomondan qiynalganligi sababli pul kerakligini, buning evaziga o‘z farzandi – 2019-yil 12-iyulda tug‘ilgan L.O‘rinboyevani 17 ming AQSh dollariga sotishini aytadi.
X.Mamatqulov bu haqda Departamentning Sirdaryo viloyati hamda viloyat ichki ishlar boshqarmalariga ariza bilan murojaat qiladi.
Joriy yilning 21-iyul kuni, kunduzi soat 12 lar artofida uning arizasiga asosan Departamentning viloyat boshqarmasi va Sirdaryo viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda Guliston shahar, 2-mavze, Namuna mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan «Zomi» to‘yxonasining yonidagi qurilishi tugallanmagan binoning yonida o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, A.O‘rinboyeva o‘zining 2019-yil 12-iyulda tug‘ilgan farzandi L.O‘rinboyeva voyaga yetmagan va ojiz ahvoldaligini bila turib, uni «maxsus xaridor»ga 17 ming AQSh dollariga sotayotganda qo‘lga olingan.
Sud mazkur jinoyat ishini ko‘rib chiqib, A.O‘rinboyevani O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybdor deb topdi va unga JKning 57-moddasi qo‘llanilib, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter