Bojxonachilar avtotransport vositalarining «qalbaki» davlat raqamlarini fosh etishdi
Bojxona organlari tomonidantovar-moddiy boyliklarni yurtimiz hududiga turli qing‘ir yo‘llar orqali olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi «Do‘stlik» chegara bojxona posti hamda Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi huquqbuzarlik o‘z vaqtida fosh etildi.
Qo‘shni respublika hududidan mamlakatimizga kirib kelgan fuqaro S.M. boshqaruvidagi «Volvo FH» rusumli avtotransport vositasi sinchkovlik bilan bojxona ko‘zdan kechiruvidan o‘tkazilganida, transport vositasining salon qismida, haydovchi o‘rindig‘i orqasida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, noqonuniy yo‘llar bilan tayyorlangan 4 dona «40A770AA», 2 dona «40A234AA» hamda 2 dona «01A755AA» qalbaki davlat avtoraqamlari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tezkor qidiruv va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter