Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bloger Olimjon Haydarov ozodlikka chiqdi

Bloger Olimjon Haydarov ozodlikka chiqdi

Bloger Olimjon Haydarov.

Blogerlar Olimjon Haydarov va Komil Ahmedov 15 sutkaga qamalishgani haqida xabar qilingandi.

Ma’muriy huquqbuzarlik ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, sud qaroridan norozi bo‘lib, K.Ahmedov va O.Haydarov tomonidan keltirilgan apellyasiya shikoyati 2022-yil 24-iyul kuni Farg‘ona viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Apellyasiya instansiyasining qaroriga ko‘ra jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining 2022-yil 22-iyuldagi qarorining O.Haydarovga oid qismi bekor qilinib, qo‘shimcha surishtiruv harakatlarini o‘tkazish uchun Qo‘qon shahar IIBga yuborilgan.

O.Haydarov 2022-yil 24-iyul kuni soat 19:30dan qamoqdan ozod qilinib, ikki sutka ma’muriy qamoqda saqlangan kuni uchun 90.000 so‘m qamoq xarajatlari undirilishi belgilangan.

Qarorning qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirilgan.

K.Ahmedovning apellyasiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

Taraflarga Farg‘ona viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha apellyasiya instansiyasining 2022-yil 24-iyuldagi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga kassatsiya tartibida shikoyat qilishi mumkinligi tushuntirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring