Birgalikda biznes qilish uchun 155 000 AQSh dollarini olib, aldab ketdi
Toshkent shahar Mirobod tuman IIBga tushgan murojaatga ko‘ra, 2015-yilning yanvar oyidan 2017-yilning noyabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Yunusobod tumani 15-dahada yashovchi A.A. Shayxontohur tumanida yashovchi B.A. ismli tanishiga sheriklikda «Ecco» do‘konini yurgizib, foydani teng bo‘lishni aytgan va undan 155 000 AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ko‘rilgan choralar natijasida A.A. qo‘lga olingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter