Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekobodda fermerning «noqonuniy bog‘ va sabzavotchilik ekinlari» paxta ekish uchun buzdirilgan

Bekobodda fermerning «noqonuniy bog‘ va sabzavotchilik ekinlari» paxta ekish uchun buzdirilgan

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda Bekobod tumanida fermer D.Mavlonov 14 gektar yerga ekkan turk yong‘og‘i, gilos, uzum ko‘chatlari, poliz ekinlari ekilgan yer sud qarorisiz, tuman prokurorining og‘zaki buyrug‘i bilan haydab tashlangani haqida video tarqalgan edi.

Toshkent viloyati prokuraturasi D.Mavlyanov va boshqalarning murojaati yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro D.Mavlyanov va boshqalar ekilgan turk yong‘og‘i, uzum, shaftoli, gilos, poliz ekinlari, bulg‘or qalampiri kabi bog‘dorchilik va sabzavotchilik ekinlari noqonuniy buzib yuborilganidan noroziligini bildirgan.

Bekobod tumani hokimining 29.01.2019-yildagi 667-sonli qarori bilan «MASHRABJON OLIMJON FAYZ» fermer xo‘jaligiga tumanning «Mavlonov» massivi qishloq xo‘jaligi xaritasining 867, 866, 870-konturlarida joylashgan jami 45,85 gektar, shundan 44,14 gektar sug‘oriladigan yer maydonlari paxta va g‘allachilik yo‘nalishida ajratib berilgan.

Biroq, fuqaro D.Mavlyanov va boshqa yollanma ishchilar tomonidan hech qanday hujjatlarsiz «MASHRABJON OLIMJON FAYZ» foydanuvidagi yer maydonlarining 14,8 gektariga turk yong‘og‘i, uzum, shaftoli, gilos, poliz ekinlari, bulg‘or qalampiri kabi bog‘dorchilik va sabzavotchilik ekinlari noqonuniy ravishda o‘zboshimchalik bilan ekib yuborilganligi ma’lum bo‘lgan.

Soha mutaxassislari tomonidan ushbu holat yuzasidan tegishli dalolatnomalar, foto va videolavhalar rasmiylashtirilgan.

Bekobod tumani yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi tomonidan holat yuzasidan yer qonunchiligi buzilishi holatlarini bartaraf etish va tumanda yer munosabatlarini tartibga solish yuzasidan tuman hokimi nomiga taqdimnoma kiritilgan.

Hozirda 2020-yil paxta hosili uchun chigit ekish rejalashtirilgan ushbu o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlariga ekilgan noqonuniy ekinlar buzdirilgan.

Umummilliy boyligimiz bo‘lgan yerga va oziq-ovqat xavfsizligiga befarq bo‘lmagan fuqarolarimizdan qonunchiligimizga jumladan, yer qonunchiligiga qat’iy amal qilishlarini so‘rab qolamiz, – deyiladi Toshkent viloyati prokuraturasi bayonotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring