«Baxti Tashkentskiy»ga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangani ma’lum bo‘ldi
Ma’lum bo‘lishicha, 2023 yil 29 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudida Baxtiyor Qudratullayev bilan bog‘liq ish ko‘rib chiqilgan.
Qayd etilishicha, Baxtiyor Qudratullayev 2023 yil 28 noyabr kuni soat 21:45da Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kohinur ko‘chasidagi 37-uyning yo‘lagida IIO xodimlariga nisbatan baqir-chaqir qilib, fuqarolarning tinchligini buzgan. Shuningdek, IIO xodimlarining IIB binosiga borib shaxsiga aniqlik kiritish haqida qonuniy talablarini bajarmagan.
Ushbu harakatlari uchun sud Baxtiyor Qudratullayevni MJtKning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topgan hamda unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baxtiyor Qudratullayev Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik), 276-modda 2-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ablanib, qo‘lga olingani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter