Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bank xodimasi firibgar bo‘lib chiqdi

Bank xodimasi firibgar bo‘lib chiqdi

Foto: «Xabar.uz»

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi T.B. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs uning bank kartasidan jami 5.245.000 so‘m pullarni yechib olganligini bildirib, noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, fuqaro bank kartasidagi pullarni bank kassasi orqali naqdlashtirib olganligi, shundan so‘ng bir necha kun o‘tib pullar yechib olinganligi ma’lum bo‘lgan.

Aniqlanishicha, bank kassasidagi xodima muqaddam JKning 168-moddasi 3-qismi va 228-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1985 y.t., A.Sh. bank kartasi boshqaruvini o‘ziga olib, keyinchalik pullarni o‘zlashtirgan.

A.Sh.ga nisbatan O‘zR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring