Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asakada kadastr xodimi 12 000 AQSh dollari bilan qo‘lga tushdi

Asakada kadastr xodimi 12 000 AQSh dollari bilan qo‘lga tushdi

Illyustrativ foto

«Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri» davlat korxonasi Asaka tumani filiali sobiq mutaxassisi X.A.va mazkur filialning bo‘lim boshlig‘i O‘.Yu. 12000  AQSh dollari  olayotanida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, tuman kadastr bo‘limi xodimlari fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uning yashash uyi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish hamda «Issiqxona» qurish uchun 10 sotix yer ajratib berish evaziga yuqorida qayd etilgan miqdorda pul talab qilgan. Tomonlar go‘yoki  kelishib, qo‘lni qo‘lga tashlashadi. Biroq talab qilingan pul xayrli maqsadlarga sarflash nasib etmaydi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda «hojatbaror»lar naq jinoyat ustida qo‘lga olinadi.

Holat yuzasidan allaqchon jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring