Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi «Muruvvat» uyi sobiq rahbariga jiddiy ayb qo‘yildi

Andijondagi «Muruvvat» uyi sobiq rahbariga jiddiy ayb qo‘yildi

Foto: «Xabar.uz»

Qo‘rg‘ontepadagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun «Muruvvat» internat uyining sobiq direktori M.M. qurilish ishlari uchun ajratilgan pullarni «yeb yuborgan»likda ayblandi.

Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida amalga oshirilgan qurilishlar davomida jami 1 mlrd. 74 mln. so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilinganligi holati bo‘yicha qurilishni amalga oshirgan jamiyatlar hamda internat uyining mansabdor shaxslariga nisbatan  JKning 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xozirda jinoyat ishi yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishining tergovi ustidan nazorat o‘rnatilgan.    

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring