Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda taksi haydovchisi qotillari sud qilindi

Andijonda taksi haydovchisi qotillari sud qilindi

Andijon viloyatida tug‘ilgan 25 yoshli va 24 yoshli fuqaro o‘zaro til biriktirib, Spark avtomashinasi haydovchisini Andijon shahridagi ko‘p qavatli binolar orqa tomonidagi berk ko‘chaga olib boradi.

Ulardan biri haydovchini oyoq kiyimining bog‘ichi bilan bo‘g‘adi, ikkinchisi yuz va bosh sohalariga musht bilan zarba beradi. Haydovchi hushini yo‘qotgach, jinoyatchilar avtomashinada bo‘lgan bir dona mobil telefoni va 80 ming so‘m pul mablag‘larini talon-toroj qiladi.

Jinoyatlarini yashirish maqsadida Spark egasini katta Farg‘ona kanaliga olib borib, tashlab yuborishgan. Avtomashinani esa tanishlari orqali 1 200 AQSh dollariga sotishgan.

Andijon viloyati Asaka tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudida qotillarga sud hukmi o‘qildi.

Unga ko‘ra, sudlanuvchi H.M.ga JKning 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shib, 18 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Sudlanuvchi S.A.ga JKning 97-moddasi 2-qismi «i», «p» bandi bilan 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring