Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda bir kishini ayovsiz kaltaklagan shaxslar ushlandi

Andijonda bir kishini ayovsiz kaltaklagan shaxslar ushlandi

29 iyun kuni Andijonda bir necha kishi fuqaroni temir jism bilan urib, tan jarohati yetkazgani aytilgan video tarqalgandi. Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati IIB matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan barcha shaxslar qo‘lga olingan. Ularga nisbatan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan JKning 105-modda 2-qismi «i» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

«Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligi ta’minlanadi», deyiladi xabarda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring