Advokatlar palatasi raisi kadrlar tanlashning yangi usulini qo‘llamoqda
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi tizimning Samarqand viloyati boshqarmasiga boshliq izlamoqda. E’tiborlisiki, tayinlov to‘g‘ridan to‘g‘ri palata raisi vakolatiga kirsa-da, rahbar bundan foydalangani yo‘q.
Aksincha, samarqandlik advokatlar jamoasiga maxsus murojaat yo‘llab, uch nafar nomzod tavsiya qilishni so‘ragan. Raisning murojaati «...yangi tajriba bo‘lib, buni mazkur tashkilotda keyingi paytda amalga oshirilayotgan islohotlarning, jumladan, o‘tgan yillarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni bartaraf etish va advokatlar jamoasining haqiqiy va shaffof birlashmasiga aylanib, boy berilgan ishonchni qayta tiklash yo‘lidagi sa’y-harakatlarning uzviy davomi sifatida tushunish mumkin», deya shahr bermoqda «Advokatnews.uz» veb-sayti.
Qayd etish kerak: «boy berilgan ishonchni qayta tiklash»ga alohi urg‘u berilayotgani yo‘q. Gap shundaki, o‘tgan yilning oxirida Palataning Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi sobiq boshlig‘i huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter