Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vaziri: «Endi hech kim «Notarial hujjatlardagi imzo meniki emas!» deb ayta olmaydi»

Adliya vaziri: «Endi hech kim «Notarial hujjatlardagi imzo meniki emas!» deb ayta olmaydi»

Foto: «Xabar.uz»

2019-yil 1-yanvardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat etganlarning shaxsini aniqlash barmoq izlarini skaner qilish va ularni pasportdagi biometrik ma’lumotlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, notarial hujjatlar ham barmoq izi orqali tasdiqlanadi.

O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov «Xabar.uz»ga yangi tizim nima sababdan joriy etilayotgani  haqida quyidagilarni ma’lum qildi:

— Bu notarial idoralarga kelib, hujjatlarga imzo chekkan, ammo oradan ma’lum vaqt o‘tgach, bu hujjatlardagi imzo o‘ziniki emasligini da’vo qiladigan yoki bunga shubha bildiradigan holatlarni butkul yo‘qqa chiqaradi. «Odamlar orasida men notarial idoraga bormagandim, faqatgina bo‘sh qog‘ozga qo‘l qo‘yib bergandim», deydiganlar ham uchragan. Sud jarayonida mana shunday da’vo qilishganini ham eshitganmiz. Yangi tizim bu kabi shubha-gumonlarga ham batamom chek qo‘yadi. Chunki barmoq izi turgan joyda hech kim uni meni emas deb ayta olmaydi. Bu yerda hech qanday boshqa argument qolmaydi.

Vazirning qayd etishicha, ayni paytda 10 ta davlat notarial idorasida ushbu tizim sinovdan o‘tkazilmoqda. Buning uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘zgarishlar O‘zbekiston Prezidentining «Notariat tizimini nizolarni oldini oluvchi institut sifatida yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida o‘z aksini topgan. Qaror Shavkat Mirziyoyev tomonidan bugun, 25 may kuni imzolangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring