Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abduqodir Mo‘minov ishi sudga oshirildi

Abduqodir Mo‘minov ishi sudga oshirildi

Bloger Abduqodir Mo‘minovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ilk sud majlisi 25 iyul kuni soat 15:00 da jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudida boshlanadi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Jinoyat kodeksining 141-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) 2-qismi «a», «b» bandlari, 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi «a»  bandi, 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi «b», «v»  bandlari, 4-qismi «a»  bandi, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi va 28,211-moddasi (pora berishda ishtirokchilik) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan Abduqodir Mo‘minov (1990 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, «Oynaga qarang»  MChJ rahbari, muqaddam sudlanmagan) ga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, uni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni joriy yilning 25 iyul kuni soat 15.00 da boshlanishi belgilandi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining raisi S. Sodiqov raisligida ko‘rib chiqiladi.

Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra mazkur jinoyat ishi bo‘yicha 14 nafar jabrlanuvchi mavjud bo‘lib, jinoyat oqibatida ularga jami 903 421 567,5 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilganligi ma’lum qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring