Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuror Abduqodir Mo‘minovni 11 yil ozodlikdan mahrum etishni so‘radi

Prokuror Abduqodir Mo‘minovni 11 yil ozodlikdan mahrum etishni so‘radi

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida bloger Abduqodir Mo‘minovga oid ishning sud tergovi yakunlanib, sud muzokaralari boshlandi. Muzokaralarda prokuror tomonidan Mo‘minovga nisbatan uzil-kesil 11 yil ozodlikdan mahrum etish va 3 yil davomida jurnalistik faoliyatni cheklash so‘raldi.

Eslatib o‘tamiz, A.Mo‘minovga doir sud ishi joriy yilning 25 iyulidan boshlangan edi. U Jinoyat kodeksining 141-1-modda (Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) 2-qismi «a,b» bandlari, 165-modda (Tovlamachilik) 3-qismi «a» bandi, 168-modda (Firibgarlik) 3-qismi «b,v» bandlari, 4-qismi «a» bandi, 189-modda (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi hamda 28-211-modda (Pora berishga qasd qilish) 3-qismi «a» bandi bilan ayblanyapti.

Ayblov xulosasiga ko‘ra, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha 14 nafar jabrlanuvchi mavjud bo‘lib, jinoyat oqibatida ularga jami 903 421 567,5 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.

A.Mo‘minov mazkur jinoiy ish doirasida joriy yilning 8 fevralida qamoqqa olingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring