Sobiq harbiy 7 yoshli qizaloqqa tegajlog‘lik qilgani uchun 18 yilga qamaldi
2023-yil 20-sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida X. A.ga (1968-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, nafaqada, muqaddam Jinoyat kodeksining 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 1-qismi bilan sudlangan) oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining raisi Sh. Bakayev raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.
E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq X. A. Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarida o‘tattirilishi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyi boshida u 7 yoshli qizning ortidan ko‘pqavatli uyning pod’yezdiga kirib, uni qo‘rqitib, axloqsiz harakatlarni sodir eta boshlagan. Ushbu hujum uy aholisi tomonidan o‘rnatilgan kameralar tomonidan qayd etilgan.
Qiz ota-onasiga bo‘lgan voqeani darhol aytib berib, ular zudlik bilan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Erkak 24 soat ichida hibsga olingan.
NeMolchi.uz loyihasi xabariga ko‘ra, u avval ham voyaga yetmaganlarga nisbatan uyatsiz xatti-harakatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter