Zomindagi o‘rmon yong‘ini bartaraf etildi (foto)
Avval xabar berganimizdek, 1-avgust kuni ertalab soat 10:40 da Jizzax viloyati Zomin tumani «Duoba» MFY «O‘riklisoy» aholi punkti hududiga yaqin joyda taxminan 80 ga. maydonda quruq o‘t va daraxtlar yongan.
Yong‘inni o‘chirish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Chegara qo‘shinlari, Davlat o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, 14 ta yong‘in o‘chirish ekipaji va 1 ta yong‘in qutqaruv otryadi, 4 ta vertolyot jalb etildi.
Yong‘in soat 18:20 batamom o‘chirildi. Barcha jarayon Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari tomonidan muvofiqlashtirilib borildi. Tegishli idoralarning kuch vositalarining o‘z vaqtidagi xarakatlari natijasida yong‘in yaqin atrofdagi aholi punktlariga o‘tmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter