Ziyoratgohni ta’mirlashda katta pulni talon-toroj qilgan rahbar besh yilga «ketdi»
Nurafshon shahridagi shlakoblok ishlab chiqaruvchi MChJ rahbari A.U. hokimiyat tizimidagi mansabdor shaxslar bilan kelishgan holda qalbaki hujjatlar asosida hududdagi «Ulkan To‘ytepa» arxeologiya yodgorligining 30 sotix yer maydonini o‘z nomiga rasmiylashtirib olib, madaniy meros ob’yektiga 306 mln. 720 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgan.
Sud qaroriga ko‘ra, MChJ rahbari A.U. 1 yil-u 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Shuningdek, 2018-yilda Qibray tumanidagi «Qilichli ota» ziyoratgohida qayta ta’mirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish uchun qurilish sohasida faoliyat yurituvchi MChJga 355 mln. 473 ming so‘m miqdorida budjet mablag‘i ajratilgan.
Biroq, MChJ rahbari N.H. hisob-fakturalarga soxta ma’lumotlar kiritib, ish hajmini qo‘shib yozish orqali 263 mln. 286 ming so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, N.H.ga 5 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter