Yunusobodda soliq amaldori 3,5 ming dollar pora olayotgani aniqlandi
DXX Toshkent shahar boshqarmasi hamda shahar prokuraturasi va departament tomonidan tezkor tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Yunusobod tuman davlat soliq inspeksiyasi katta inspektori mahalliy MChJ ta’sischisidan 3,5 ming AQSh dollari miqdorida pora olgan vaqtida ushlandi.
Aniqlanishicha, mazkur mansabdor shaxs ushbu pul evaziga mas’uliyati cheklangan jamiyatda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan kameral tekshiruvda ijobiy xulosa berilishini va’da qilgan.
DXX Andijon viloyati boshqarmasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buloqboshi tuman davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori 15 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.
U mahalliy fuqaroga tegishli bo‘lgan 33 sotix yer maydonining aslida soliqdan qarzdorligi bo‘lmasada, 30 mln so‘m qarzi borligini aytib, ushbu qarzdorlikni bartaraf qilib berish evaziga 15 mln so‘m talab qilgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlangani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter