Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunusobodda «Lacetti» 30 yoshli piyodani urib yubordi

Yunusobodda «Lacetti» 30 yoshli piyodani urib yubordi

2022-yilning 4-avgust kuni soat taxminan 00:30 larda Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasida fojiali YTH sodir bo‘ldi.

Haydovchi, 1997-yilda tug‘ilgan O.M. «Lacetti» rusumli, davlat raqam belgisi 01 Y 777 RA bo‘lgan avtomashinada harakatlanib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada piyoda — 1992-yilda tug‘ilgan D.F. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring