«Yubilyar» o‘g‘rilikka qo‘l urdi
Rossiyaning Zelenogradsk shahri (Kaliningrad viloyati)da uy oldida qoldirilgan, egasi yopishni unutgan avtomobilning yukxonasidan oltita quti o‘g‘irlab ketildi. Qutilarda ich kiyimlar, paypoqlar va futbolkalar bo‘lgan... Umumiy qiymati 70 ming rublga teng narsalar.
Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari ilgari sudlangan shaxsni gumonlab qidirib topishdi. U qilmishiga iqror bo‘ldi.
Eng qizig‘i, qo‘lga tushgan shaxs o‘g‘rilikka o‘z tug‘ilgan kuni — 55 yoshga to‘lgan sanasida qo‘l urgan...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter