Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YPX xodimlarini so‘roq qilgan aka-uka qamaldi

YPX xodimlarini so‘roq qilgan aka-uka qamaldi

Multiradar bilan xizmat olib borayotgan xodimlarning faoliyatiga qarshilik qilgan ikki yigitga jazo tayinlandi.

IIV matbuot xizmati ma’lum qilishicha, joriy yilning 6 oktyabr kuni aka-uka R.M. va R.M.lar Farg‘ona shahar Kichik xalqa yo‘lida xizmat olib borayotgan multiradar bilan xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat avtomobili oldiga kelib, ularni so‘roqqa tortishgan. 

Ulardan biri YPX xodimini haqorat qilib, ularni ishdan bo‘shatib yuborish bilan tahdid qiladi.

Ushbu ishlar JIB Farg‘ona shahar sudida ko‘rib chiqilgan.

Sud hukmi bilan ularga MJtKning 183 (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi bilan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring