Yozyovon. Ona-bola o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi – Bosh prokuratura
Ijtimoiy tarmoqlarda Yozyovon tuman tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limida homilador ayol vafot etganiga oid lavha tarqalgandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati tumanning Qatortol mahallasida yashagan 33 yoshli Sh.N. tug‘ruq paytida (39 haftalik homilasi bilan) vafot etganini tasdiqladi.
Holat bo‘yicha qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan turib, qonuniy to‘xtamga kelish imkoniyati yo‘qligi e’tiboridan ayni paytda JK (Jinoyat kodeksi)ning 116-moddasi («Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik»)3-qismida bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, voqelik o‘rganish yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘iga ko‘ra maxsus guruh tashkil etilib, Yozyovonga yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter