Yo‘lovchi «Afrosiyob»da 9 ming dollardan ziyod pulini unutib qoldirdi
Joriy yilning 13-aprel kuni 762-sonli «Toshkent-Buxoro-Toshkent» yo‘nalishidagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» poyezdining 5-vagonida ichida 8.850 AQSh dollari, 1.930.000 so‘m pul, ikkita fuqarolik pasporti va shaxsiy buyumlari mavjud erkaklar qo‘l sumkasi yo‘lovchi A.Q. tomonidan unutib qoldirilgan.
«Ushbu holat Transportda XTBB Yo‘lovchi poyezdlarini kuzatish bataloni xodimi Sh.Xudayberganov tomonidan aniqlandi.
Qo‘l sumkasi xolislar ishtirokida kerakli hujjatlar asosida rasmiylashtirilib, o‘z egasiga to‘liq va beshikast holda yetkazildi.
Fuqaro Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi YPKB xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi», deyiladi IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter