Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yarim kechasi chiqqan yong‘inda zangiotalik pensioner kuyib ketdi

Yarim kechasi chiqqan yong‘inda zangiotalik pensioner kuyib ketdi

Foto: IIV

29-yanvar kuni 03:12 da Zangiota tumanida yashovchi fuqaro T.Sh. uyining tom va shift qismida yong‘in sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, 50 kv. m. maydon yongan.

Yong‘in natijasida xonadon egalari tomonidan shu uyda yashagan, nafaqaxo‘r J.Sh.ning yuz foiz kuygan holdagi jasadi yong‘in joyidan olib chiqilgan.

Yong‘in sabablari va zarari aniqlanmoqda.

Tergovga qadar tekshiruv ishlarini ichki ishlar boshqarmasi olib bormoqda.

Hurmatli fuqarolar yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishingizni so‘raymiz!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring