Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangiyo‘lda o‘quvchi qiz bilan sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan ma’lumot berildi

Yangiyo‘lda o‘quvchi qiz bilan sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan ma’lumot berildi

Illyustrativ foto

Yangiyo‘l tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchisi bo‘lgan qiz o‘z joniga qasd qildi. Ayni ma’lumotni Bosh prokuratura tasdiqladi.

Mahkama matbuot xizmatiga ko‘ra, 2002-yilda tug‘ilgan o‘quvchi qiz shu yilning 10-mart kuni o‘z uyining issiqxonasida o‘z joniga qasd qilishi natijasida vafot etgan.

Sud tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, uning o‘limiga bo‘yin a’zolarining sirtmoq bilan siqilishi natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.

Fojiaga sabab bo‘lgan omillar o‘rganilayotir. Shuningdek, holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman xalq ta’limi bo‘limi, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha tuman idoralararo komissiya, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring