Yana fojia. Yangiyo‘lda ona-bola is gazidan vafot etdi
![Yana fojia. Yangiyo‘lda ona-bola is gazidan vafot etdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/4/720_460_95_2474718394.jpg)
Fojia 2-fevral tongida yuz berdi. Yangiyo‘l tumanining Ittifoq mahallasida yashovchi yigirma yashar ayol va uning bir yarim yashar farzandi yashash uyining yotoqxonasida jonsiz holatda topildi.
Ona-bola gaz pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanishi oqibatida vafot etgani aytilmoqda.
Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, holat yuzasidan tegrgovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter