Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yakkabog‘da mudhish qotillik: IIB boshlig‘i vaziyatni izohladi

Yakkabog‘da mudhish qotillik: IIB boshlig‘i vaziyatni izohladi

18-iyul kuni Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani «Obod» mahallasida pichoqbozlik sodir bo‘ldi.

Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i Shuhrat Sotvoldiyevga ko‘ra, tumandagi «Obod» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolar M.J. va Y.N. birga spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast bo‘lib qolgach, ikkovlon janjallashgan.

Oqibat shu darajaga borib yetadiki, ikkovlon jiqqamusht bo‘lib qolgach, atrofdagi fuqarolar ularni ajratib uyiga jo‘natib yuborishadi.

Shu kuni soat taxminan 21:00 larda Y.N. uyiga kelib, oshxona pichog‘ini olib, alam ustida mahalladoshi M.J.ning uyiga boradi. Hovlida yurgan M.J. hech narsadan bexabar unga peshvoz chiqqanda Y.N. uning tanasining duch kelgan joyiga bir necha marta pichoq uradi.

Holat yuzasidan Yakkabog‘ tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring