Xivada fuqaro MIB xodimiga pora taklif qildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan Xiva shahrida tabiiy gaz va elektr enegiyasi bo‘yicha nazorat-tekshiruv tadbiri o‘tkazildi.
O‘zA xabariga ko‘ra, xonadonning tabiiy gazdan 3 million 247 ming so‘m qarzi borligi aniqlangan. Fuqaro D.K. qarzdorlikni qonuniy tarzda bartaraf etishdan ko‘ra, bu masalani byuroning tuman inspektori bilan imi-jimida hal qilishni istaydi.
U inspektorga qarzdorlikni yo‘q qilib berish, hisoblagichni maxsus ko‘rikdan yaroqsiz, deb o‘tkazib berishini so‘rab, 500 ming so‘m pora taklif qilgan. Inspektorga ana shu pulni pora tariqasida berayotganida MIBning viloyat boshqarmasi ichki xavfsizlikni ta’minlash sho‘’basi va tezkor xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Mazkur holat bo‘yicha fuqaroga nisbatan to‘plangan hujjatlar hamda daliliy ashyolar tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazish uchun Xiva shahar prokuraturasiga yuborildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter