Vazirlik Rossiyada halok bo‘lgan o‘zbek migrantlari haqida ma’lumot berdi
Internet nashrlarida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketgan ikki nafar hamyurtimizning Sank-Peterburg shahrida halok bo‘lganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mazkur holat tafsilotlarini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 6-fevral kuni Kolomyaj prospekti, 10-uy manzili bo‘yicha joylashgan «Shimoliy zavod»dagi sexda pardozlash ishlarini olib borish jarayonida balandlikdan tushib ketish oqibatida Sank-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Halok bo‘lgan fuqaro 1990-yil 9-avgustda tug‘ilgan Usarov Alisher Ziyadullayevich ekani aytilmoqda.
Halokat dalillari bo‘yicha ayni paytda tergov-tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.
Hozirgi kunda vafot etgan fuqaroning murdasi Sank-Peterburg, Yekaterinsk prospekti, 10-uy manzili bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi Byurosi morgida saqlanmoqda.
Joriy yilning 6 fevral kuni 1998-yil 8-avgustda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Tolibjon Esonov Leningrad viloyati Murino shahrida Voronsov xiyoboni, 17-uydagi «Kraski leta» turar joy kompleksida qurilayotgan uyning 14-qavatidan yiqilib tushib, halok bo‘lgan.
Jinoiy ish hali qo‘zg‘atilmagan. Ayni paytda fojiali holat yuzasidan tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.
Halok bo‘lgan fuqaroning murdasi Leningrad viloyati Toksovo shahar morgida saqlanmoqda.
Tergov ishlari olib borilmoqda. Jasadlarni yurtga transpartirovka qilish bo‘yicha dastlabki barcha chora-tadbirlar o‘tkazildi, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari olib ketishga ruxsat berilishini kutmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter