Soliq qo‘mitasi Alisher Qodirovning «munozarali taklifi» bo‘yicha munosabat bildirdi
Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovning xorijdagi mehnat migrantlarini soliqqa tortish to‘g‘risidagi shov-shuvli taklifiga davlat soliq qo‘mitasi munosabat bildirdi.
DSQ matbuot kotibi Muzaffar Nazarovning qayd etishicha, «O‘zbekiston soliq qonunchiligida muhojirlardan olinadigan daromad solig‘i belgilanmagan. Hozirda bunday taklif yoki buni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar yo‘q».
Avvalroq, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov Andijon viloyatidagi saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda migrantlardan ham soliq undirish taklifini bildirgani keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter