Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazir Bobojonovga videomurojaat qilgan inspektor qamoqqa olindi

Vazir Bobojonovga videomurojaat qilgan inspektor qamoqqa olindi

Namangan shahar IIB sobiq profilaktika inspektori S.O. boshqa fuqarolarning nomiga olingan jami 81,4 mln. so‘m kredit mablag‘larini talon-toroj qilganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Gumonlanuvchi turli bahonalar bilan tergovga kelishdan bosh tortib, yashiringanligi sababli unga nisbatan sirtdan ayb e’lon qilinib, 13-noyabr kuni sudning ajrimi bilan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 14-noyabr kuni ayblanuvchi ushlanib, himoya huquqlari ta’minlangan holda tergovga jalb qilingan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval ushbu xodimning vazir Bobojonovga videomurojaati e’lon qilingandi. Unda murojaatchi Namangan shahar IIB, 2-sonli IIB da sodir bo‘layotgan noqonuniy xatti-harakatlar yuzasidan shikoyat qilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring