Vafot etgan ayolning jasadi ikki yil ichkarida qolib ketdi
Britaniyalik ayolning jasadi qoldiqlari uning o‘limidan ikki yil o‘tib kvartirasidan topildi. Qo‘shnilar uydan chiqayotgan noxush hidni payqab, 2019-yilda shikoyat qilishgan. Bu haqda Daily Mailga asoslanib Mir24 ma’lum qilmoqda.
Dastlab ayolning pochta qutisida xat va hisob-kitoblar to‘planib qolganini ko‘rgan qo‘shnilar xavotirga tushishgan. Uning ijara uchun minglab funt qarzi borligi ham aniqlangan.
Marhumning uyiga so‘nggi tashrif 2020-yilda gaz ishchilariga tegishli bo‘lgan. Ular xonadon eshigiga gazni sinovdan o‘tkazish uchun majburiy kirish to‘g‘risida eslatma qoldirib ketgan.
Faqat 2022-yil 18-fevral kuni hodisa yuzasidan politsiyaga murojaat qilindi. Yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari xonadon eshigini buzib kirib, ayolning jasadini topdi.
«Menga u allaqachon skeletga aylanganini aytishdi va ayolning fuqaroligini tasdiqlashni so‘rashdi»,— degan marhumning qo‘shnisi jurnalistlarga.
Boshqa bir qo‘shni xonadondan chiqayotgan badbo‘y hidni to‘xtatish maqsadida eshik ostiga sochiq suqib qo‘yganligini aytib o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter