Chilonzorda «Spark» ag‘darilib ketdi

Chilonzor tumanida 2 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB YHXB YTH bo‘yicha ma’lumot berdi.
Joriy yilning 30 aprel kuni soat 23:00 larda Chilonzor tumani Muqimiy - Bog‘iston ko‘chalari kesishgan chorrahada 2000 yilda tug‘ilgan X.Sh. boshqaruvida bo‘lgan «Spark» hamda 1999 yilda tug‘ilgan D.A. boshqaruvida bo‘lgan «Neksiya» avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter