Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uxlab qolgan haydovchi YTHga uchradi, yo‘lovchi qurbon bo‘ldi

Uxlab qolgan haydovchi YTHga uchradi, yo‘lovchi qurbon bo‘ldi

26-mart kuni Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida «Nexia» avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida beton devorga borib uriladi. Natijada avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi halok bo‘lgan. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Sho‘rchi tumani Oqtumshuq mahallasida yashovchi 24 yoshli haydovchi «Nexia»sini Termiz–Denov yo‘nalishida boshqarib kelayotib, uxlab qolgan. Ma’lumotlarga ko‘ra haydovchi avtomashina boshqarayotganiga ham 2 yil bo‘lgan xolos.

Oqibatda mashina yo‘lning chap tomoniga chiqib ketib, beton devorga urilib, undagi 26 yoshli yo‘lovchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Shuningdek, haydovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holatni keltirib chiqargan sabablar o‘rganilganida haydovchi bir kun oldin Samarqanddan Surxondaryoga qarab yo‘lga chiqqani, kuchli charchoq oqibatida uxlab qolgani aniqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring